8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

13:30 / 05.12.2017 15653

Time jurnali o‘quvchilari “Yil odami”ni aniqlashdi 

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud Time jurnali o‘quvchilarining onlayn-ovoz berishi yakunlariga ko‘ra “Yil odami-2017” deb e'lon qilindi.

Shahzoda uchun kishilar 24 foizi o‘z ovozini berdi.

Muhammad bin Salmon Ol Saud
Foto: RIA Novosti / Aleksey Drujinin

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi 4 noyabr kuni tashkil etilgan korrupsiya bilan kurash bo‘yicha qo‘mitaga rahbar etib tayinlandi, ertasi kuni esa u hukmron oilaning 11 a'zosi va 40 dan ortiq taniqli davlat arboblari, nufuzli sobiq amaldorlar hamda tadbirkorlarni pullarni o‘zlashtirish, xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaatlarda foydalanish, yo‘q bo‘lgan kelishuvlarni imzolash va pora olish ayblovi bilan qo‘lga olish haqida topshiriq berdi.

Ikkinchi o‘rinni #MeToo ("men ham") kampaniyasi ishtirokchilari egalladi. Ular ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bo‘lib, shilqimliklar qurboniga qanday aylanganliklari haqida aytib berishgan – nashr o‘quvchilarining 6 foiz ovozi.

Uchinchi o‘rinni amerikancha futbol bo‘yicha o‘yinchi Kolin Kapernik, AQShning Rossiya ishi bo‘yicha maxsus prokurori Robert Myuller va "Orzu qiluvchilar" (Dreamers) – AQShga noqonuniy kelgan ota-onalari tomonidan olib kelingan yoshlar 5 foizlik ovozlar bilan bo‘lishib oldi.

O‘tgan yili o‘quvchilarning ovoz berish jarayonida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi yetakchilikni qo‘lga kiritgandi. Jurnal o‘quvchilarining tanlovi, odatda, tahririyat qaroridan farq qiladi.

Reyting g‘olibi va “Yil odami” unvoni sohibi ertaga, 6 dekabr kuni e'lon qilinadi.

Time jurnali talqini bo‘yicha “Yil odami” 1927 yildan beri har yili aniqlab kelinadi. 1950-yillarga qadar aniq shaxslar laureatga aylangan bo‘lishsa, keyinchalik abstrakt personajlar ham unvonni qo‘lga kiritgan.

Top