14:30 / 05.12.2017
10029

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani muzokaralarni ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida davom ettirishdi.

Prezident matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, keng ko‘lamli muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiyot, transport, tranzit, energetika, kimyo, agrosanoat, ta'lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakunida hukumatlararo va idoralararo darajadagi hujjatlar, ko‘plab tijoriy shartnomalarni imzolash mo‘ljallanmoqda.

Top