15:15 / 05.12.2017
9940
Reklama

VK89304HUM changyutkichi – uy bekalariga eng qulay yordamchi

Foto: LG

LG’dan chang kompressiyasi tizimiga ega VK89304HUM changyutkichi favqulodda kuch bilan jihozlangan. Hamma gap changni uch karra presslashda.

Kompressor tizimi noyob kompression parrakdan foydalanadi, u konteynerga tushadigan changni presslaydi, bu esa ushbu texnologiya bo‘lmagan modellar bilan solishtirganda 3 martaga ko‘proq changni sig‘dirish imkonini beradi.

Foto: LG

 

VK89304HUM changyutkichi eskirgan changga mo‘ljallangan qopchalar o‘rniga, Kompressor tizimiga ega maxsus konteyner bilan jihozlangan, shu tariqa uy tozalash oddiy hamda yoqimli jarayonga aylanib, Sizning vaqtingizni ancha tejaydi. Dunyodagi birinchi changni mexanizatsiyalangan presslash texnologiyasining afzalliklari nimada? Aylanuvchi parrak Siz changyutkichni yoqishingiz va uy tozalashga kirishishingiz bilan changni avtomatik tarzda presslaydi. Chang va kir havodan ajralib, presslash uchun konteynerga yig‘ilishi tufayli, havo oqimi siklonik tizimdan erkin o‘tadi va uni ifloslantirmaydi, changyutkichning o‘ziga tortish quvvatini pasaytirmaydi. Konteyterni bo‘shatish esa ancha kamroq amalga oshiriladi. Konteyner ichidagi aylanuvchi nooddiy parrak changni presslaydi va qo‘shimcha joy bilan ta'minlaydi. Darvoqe, Siz Kompressorning dvigateli ishdan chiqishi mumkinligi borasida tashvish tortmasangiz ham bo‘ladi, unga 10 yillik kafolat taqdim etilgan.

Foto: LG

VK89304HUM changyutkichi yana shu bilan hayron qoldiradiki, allergiyaga moyilligi bo‘lgan kishilarga ideal mos tushadi. Konteynerning uch karra kompressiya texnologiyasiga ega yengil va gigiyenik tozalanishi changni qalin va ixcham briketlarga aylantiradi, shuning uchun, Siz konteynerni tozalab turib, xonadagi havo ifloslanishidan qochishingiz mumkin. Ushbu modelda HEPA 13 filtri ham bor. To‘rt qatlamli ko‘mirli filtr changning zararli zarrachalarini ushlab qoladi va chiqish chog‘ida toza havo bilan ta'minlaydi. Shu tariqa uyda sog‘lom atmosfera yo‘qolmaydi.

Foto: LG

VK89304HUM changyutkichi uyni tozalash jarayonini tez va yengil qilishga mo‘ljallab yaratilgan. Siz LG’ning yangi changyutkichi bilan mobilligi, turli hajmdagi nasadkalari va teleskopik alyuminiyli trubkasi borligi tufayli tozalash eng qiyin bo‘lgan joylarni ham tartibga keltirishingiz, karavot va shkaflar ostidagi o‘ta ingichka bo‘shliqlarni tozalashingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top