15:40 / 05.12.2017
6292

Volkswagen muqobil elektrobusni namoyish qildi

Germaniyaning Volkswagen konserni elektr agregatda yuradigan muqobil mikroavtobusni namoyish qildi. VW 2018 yili Germaniyada yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha o‘z xizmatini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. O‘zi harakatlanish funksiyasiga ega bo‘lgan 6 o‘rindiqli mini-avtobus aynan MOIA xizmati uchun ishlab chiqiladi. 

Salon ichida Wi-Fi tarmog‘i, gadjyetlarni quvvatlash uchun tirqish, yumshoq o‘rindiqlar joylashtiriladi. Uning kelish vaqtini bilish, o‘rinni band qilish va xizmat uchun haq to‘lash smartfonlardagi ilova orqali amalga oshiriladi. 

2025 yilga kelib Volkswagen 1 mln donaga yaqin shu kabi muqobil elektrobus ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Ular Amerika va Yevropa bozorlariga yetkazib beriladi. MOIA xizmatining bosh maqsadi muqobil tor doiraga ixtisoslashtirilgan avtomobillarni ishlab chiqish bo‘lsa-da, kompaniya transport vositasining texnik xususiyatlariga e'tibor qaratadi. 

Avtobus bir marta quvvatlangach, 300 km.gacha masofani bosib o‘tadi. Uning batareyasi 30 daqiqada 80 foizga to‘ladi. Yangi jamoat transportida manzilga borish taksidan arzonga tushadi. 

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular odatdagi shahar transporti bilan raqobat qilish niyatida. Bu transport vositasi keksalar, nogironligi bor shaxslarga qo‘l keladi. MOIA bekatlari yo‘nalish bo‘ylab 250 metr oraliqda joylashadi. Yevropada ilk MOIA elektrobuslari kelasi yil boshida paydo bo‘ladi. 2018 yil oxirigacha AQShga yetib boradi. 

Mavzuga oid
Top