10:45 / 06.12.2017
4608

Kaliforniya o‘rmon yong‘inlari 40 mingga yaqin kishini ko‘chirishga sabab bo‘ldi

Foto: Reuters

Kaliforniya janubida davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari 38 ming kishini ko‘chirishga sabab bo‘ldi. Kamida 3 o‘t o‘chiruvchi jabrlangan, 150 bino va inshootning kuli ko‘kka sovurilgan, deb xabar qilmoqda ABC telekanali.

Ma'lumotlarga ko‘ra, keskin vaziyat 8 dekabrgacha saqlanib qoladi.

Avvalroq Ventura okrugi o‘t o‘chirish xizmati Janubiy Kaliforniyadagi 8 ming uyda yashaydigan 27 ming fuqaro ko‘chirilganini ma'lum qilgan edi. Kaliforniya shtati gubrnatori Jyerri Braun bu yerda favqulodda holat e'lon qildi. Elektr energiyasi ta'minoti bilan shug‘ullanuvchi Southern California Edison kompaniyasi mintaqada 260 mingdan ortiq odam elektr ta'minotidan uzilganini bildirgan edi. 

Mavzuga oid
Top