16:10 / 06.12.2017
18848

Tanishing: Lamborghini kompaniyasining ilk krossoveri – Urus

2017 yilda 5 yillik tayyorgarlik poyoniga yetdi. 2012 yilda kontsept sifatida namoyish etilgan Lamborghini Urus yo‘ltanlamasi seriyali ishlab chiqariladi. Motor.ru uning taqdimot marosimida bo‘ldi.

Hozirgi Urus mashhur LM 002 yo‘ltanlamasining birgina o‘xshash tomoni «Lamborghini» va «yuqori o‘tuvchanlik» iboralaridadir. Agar LM 002 armiya mashinasini umumiy foydalanishga moslashtirish bo‘yicha urinish bo‘lsa, Urus – tom ma'noda marketing mahsulotidir. 

Foto: Lamborghini Urus

Sant-Agata-Bolonezeda ushbu mashina uchun alohida zavod qurildi. Lamborghini ishlab chiqarish maydoni ikki baravarga kengaydi. Lamborghini 2019 yilda hozirgi 3 500 dona o‘rniga yiliga 7 000 nusxa mashina sotishni rejalashtirmoqda. 

Qisqa qilib aytganda Urus – bu Audi Q7 va Porsche Cayenne o‘rtasidagi avtomobildir. Ammo ikkisidan tezroq va ajoyibroqdir. Krossover MLB Evo platformasida ishlab chiqilgan. 

Foto: Lamborghini Urus

Unga hozircha 4.0 l hajmli ikki kuchaytirgichli V8 dvigateli o‘rnatiladi. Urus, asosan Xitoy bozori ishlab chiqilishi e'tiborga olinsa, bu mamlakat ekologiya va soliq me'yorlariga to‘la javob beradi. 

Aytish joizki, bugungi dunyodagi eng tez krossoverdir. 650 ot kuchiga ega dvigatel mashinani 3,6 soniyada soatiga 100 km tezlikka chiqaradi. 

Foto: Lamborghini Urus

Bundan tashqari boshqaruv elektronikasidagi tartiblarning qariyb yarmi asfaltsiz yo‘llarga moslashtirilgan. Xususan, Tamburo («baraban») tanlagichi orqali Strada, Sport va Corsa, Terra (yo‘lsizlik), Sabbia (qum) va Neve (qor) tartiblarini .

Ushbu tartiblardan qaybiri tanlanishidan kelib chiqqan holda klirens, dvigatel va transmissiya sozlamalari o‘zgaradi. 

Foto: Lamborghini Urus

Mashinaning intereri Lamborghini uchun an'anaviy tarzda jihozlangan. Unda karbon, charm va o‘tkir burchaklarga eng yuqori darajada e'tibor berilgan. Markaziy konsolda 2 ta sensorli displey o‘rnatilgan. Haydovchi qarshisida raqamli uskunalar paneli va ma'lumotlarni old oynada aks ettiruvchi proyektor bor. 

Foto: Lamborghini Urus
Foto: Lamborghini Urus
Foto: Lamborghini Urus
Foto: Lamborghini Urus
Foto: Lamborghini Urus
Foto: Lamborghini Urus
Foto: Lamborghini Urus
Foto: Lamborghini Urus
Foto: Lamborghini Urus
Foto: Lamborghini Urus

 

Top