12:00 / 07.12.2017
5951

Kompyuter protsessori, fotoapparat va qo‘l soati egasiga qaytarildi

Yangiyo‘l tumanida uy bekasi, 1970 yilda tug‘ilgan M.Oripovaning (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyiga kechasi noma'lum shaxs, devordan oshib tushib, eshik oynasini sindirish yo‘li bilan kirib, uyidan umumiy narxi taxminan bir million yuz ming so‘m bo‘lgan “LG” rusumli kompyuter protsessori, “Mantblanc” rusumli qo‘l soati va “Olympuc-Fe-210” rusumli fotoapparatini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan Mahmud Sherozov sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.  

Ashyoviy dalil sifatida kompyuter protsessori, fotoapparat va qo‘l soati olindi. Tergovni IIB olib bormoqda.

 

Top