16:00 / 07.12.2017
7765

Rinspeed’dan kutilmagan yangilik: ekranlar, turar-joy moduli va 38 ot kuchi

Foto: Rinspeed

Rinspeed kompaniyasi Snap modulli haydovchisiz qurilma haqida, uning 2018 yilning boshida Las-Vegasda tashkillashtiriladigan CES iste'mol elektronikasi ko‘rgazmasidagi rasmiy taqdimotidan avval barcha ma'lumotlarni oshkor qildi. Kontsept-karning eng o‘ziga xos jihati transport vositasidan turar-joy moduliga aylanish imkoniyati bo‘ladi.

Rinspeed Snap to‘la boshqariluvchi shassiga ega o‘zi yurar platforma va yuqorida o‘rnatilgan kapsuladan iborat, u ham yo‘lovchilarga mo‘ljallangan, ham yukli bo‘lishi mumkin. Yangilikning uzunligi 4682 millimetrni, balandligi - 1842, kengligi - 1960, g‘ildirak bazasi esa 3250 millimetrga teng. Kontsept-kar og‘irligi – taxminan 1700 kilogramm.

Foto: Rinspeed

Haydovchisiz transport vositasini elektr kuch qurilmasi harakatga keltiradi, u ZF kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning minimal quvvati – 38 ot kuchi, maksimal – 69. Elektmotor hajmi 12 kilovatt-soat bo‘lgan akkumulyatorlar blokidan quvvat oladi. Snap «yuzga» besh soniyada chiqishi mumkin, hamda bir quvvatda 100 kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladi.

Haydovchisiz qurilmaning modulli konstruksiyasi afzalligi shundan iboratki, platformani doimiy tarzda yaxshilab borish mumkin – uning elektron qismlari har bir necha yilda almashtirishni talab qiladi. Quvvatlantirish yoki platformani almashtirish vaqtida, kapsula, tirgaklarda ko‘tarilib, turar-joy moduli yoki mobil ofis sifatida ishlashi mumkin.

Foto: Rinspeed

Snap tashqi dunyo bilan vizual muloqot uchun oltita proyektordan foydalanadi. Ikkitasi old va orqa oynaga harakatning boshqa ishtirokchilariga xabarlarni chiqaradi, to‘rttasi yo‘lovchilar bilan o‘zaro aloqaga kirishish uchun yon oynalardan foydalanadi.

Rinspeed Snap’ning har bir foydalanuvchisida uchta displey bo‘ladi. Aylanuvchisi shaxsiy ma'lumotni chiqarishga mo‘ljallangan, boshqa ikkitasi – umumiy, ularda yo‘nalish haqida ma'lumotlar, tashqi kameralardan videolar va ko‘ngilochar kontent paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, kontsept-kar Lexicon keng hajmli tovush chiqarish audiotizimiga ham ega.

Foto: Rinspeed

Kontsept-kar salonidagi nurdiodli chiroqlar havoni mikroblardan tozalash uchun ultrabinafsha nurlarini chiqaradi. Haydovchisiz qurilma foydalanuvchilarni autentifikatsiya qilish bo‘yicha uch darajali tizim bilan jihozlangan. U yuzlarni farqlashi va odatlar hamda yo‘lovchilar haqida umumiy ma'lumotlar yig‘ishni ham biladi. Keyinchalik ular ovozli yordamchi tomonidan tavsiyalar hamda maslahatlar uchun ishlatiladi.

Foto: Rinspeed

Rinspeed kompaniyasi CES 2017 ko‘rgazmasiga Oasis elektr kompakt-karni olib kelgandi, u avtopilot va o‘simliklar o‘stirish uchun maxsus joy bilan jihozlangan. Bundan tashqari, elektrkar elektron yordamchiga ega, uni ovozli buyruqlar va imo-ishoralar bilan boshqarish mumkin.

Mavzuga oid
Top