13:00 / 07.12.2017
10691

Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan 11 oy ichida qanday ishlar amalga oshirildi?

Foto: Sirdaryo viloyati IIB YHXB

Harakat xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasida Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2017 yilning 11 oyi davomida harakat xavfsizligini ta'minlashda olib borilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida aniqlangan umumiy qoidabuzarliklar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15554 taga (89059 tadan 104613taga) - 17,5 foizga, qo‘pol ko‘rinishdagi qoidabuzarliklar 10649 taga (39228 tadan  49877 taga) - 27,1 foizga, mast holda transport vositasini boshqarish 1287 taga  (1278 tadan 2565 taga) - 100,7 foizga, piyodalar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar 663 taga  (3635 tadan 4298 taga) - 18,2 foiz ko‘proq aniqlangan bo‘lib buning natijasida viloyat hududida sodir etilayotgan YTHlar ham o‘tgan yilga nisbatan kamayishiga erishildi.

Respublika hamda viloyat miqyosida sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarida piyodalarni urib yuborish holatlar umumiy yo‘l-transport hodisalarining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etayotganligini inobatga olgan holda, yo‘l bo‘yida joylashgan mahallalar ro‘yxati tuzilib, ushbu mahallalarda “Profilaktika kuni”da piyodalarning, ayniqsa, bolalarning yo‘llarning belgilangan joylaridan yurishlari, yo‘llarni kesib o‘tishlari, svetofor, yo‘l belgilarining talablariga qat'iy amal qilishlari yuzasidan viloyat hududida joylashgan maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida 1836 marotaba, korxona va tashkilotlar, avtoxo‘jaliklarda 807 marotaba, mahallalarda 669 marotaba yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida turli mavzularda profilaktik suhbatlar va uchrashuvlar o‘tkazildi.  

Shuningdek, piyodalar tomonidan sodir etilayotgan yo‘l transport hodisalarining oldini olish, ularni yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga chorlash maqsadida 2017 yil 4 noyabr kuni Sirdaryo viloyati televideniyesi bilan hamkorlikda Guliston shahrida olib borilgan reydda jami 21 nafar yo‘l harakati qoidasini 17, 18, 19-bandlarini buzgan piyodalarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Top