08:50 / 07.12.2017
31927

«Urushga tayyorlanishimiz kerak» - KXDR bayonot berdi

Foto: KCNA/Reuters

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi AQShning Koreya yarim oroli yaqinidagi harbiy mashg‘ulotlariga izoh berdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» Koreya Markaziy telegraf agentligi xabariga tayangan holda.

«So‘nggi vaqtlarda, AQSh Koreya yarim oroliga yaqin hududda KXDRga qarshi yo‘naltirilgan, tarixdagi eng yirik qo‘shma harbiy-havo mashqlarini o‘tkazayotgan bir vaqtda, amerikalik yuqori mansabli siyosatchilar jangovar kayfiyatdagi bayonotlarni birin-ketin bermoqda, bu xavotirni keltirib chiqaradi», - deya ma'lum qilishgan KXDR TIVdan.

Vazirlikdan ta'kidlashlaricha, urushni xohlashmaydi, biroq «undan qochmaydilar ham».

«Bu dushmanlik kayfiyatidagi, jangovar xarakterga ega bayonotlar shundan dalolat beradi va ogohlantiradiki, biz Koreya yarim orolidagi urushga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak», - deya ma'lum qilishgan tashqi siyosat idorasidan.

KXDR diplomatlarining ta'kidlashicha, «hozir bitta savol o‘z javobini kutmoqda: qachon urush boshlanadi».

Avvalroq, AQSh va Janubiy Koreya KXDRga ogohlantiruvchi zarba berish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top