14:26 / 08.12.2017
8310

Air Astana Farg‘ona vodiysiga reyslar yo‘lga qo‘ymoqchi

Foto: Kazinform

Qozog‘istonning yetakchisi aviatashuvchisi «Eyr Astana» O‘zbekistonga yo‘nalishlar jadvalini kengaytirmoqda, deb xabar berdi «Kazinform» xalqaro yangiliklar agentligi.

Qozog‘iston aviakompaniyasi rasmiy vakili Yevgeniya Krutovaning so‘zlariga ko‘ra, mavjud bo‘lgan Olmaota-Toshkent hamda Ostona-Toshkent yo‘nalishlaridan tashqari, kelasi yili Samarqand-Olmaota, Buxoro-Olmaota, Buxoro-Ostona muntazam reyslari yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, yangi yo‘nalish Farg‘ona vodiysi bo‘yicha ham ochiladi: ayni damda ushbu maqsad tufayli Namangan, Andijon yoki Farg‘onadagi aeroportlardan biri aniqlanmoqda – bu infratuzilma, aeroport hamda servisning rivojlanishi darajasi bo‘yicha amalga oshirilmoqda, deya aniqlik kiritgan aviatashuvchi vakili.

Top