18:10 / 08.12.2017
9409

Tahlillar dunyo okeanida avval o‘ylanganidan ko‘proq plastik chiqindilar borligini ko‘rsatmoqda

Foto: UniPlanet

Okean bo‘ylab tadqiqot sayohatiga chiqqan yaxta tomonidan olingan suv namunalarining ilk tahlillari dengiz suvida olimlar xavotir bildirganidan ko‘proq plastik chiqindilar borligini ko‘rsatoqda. “The Turn the Tide on Plastic” jamoasining qayig‘i dunyo bo‘ylab tashkil etilgan Volvo Ocean Race musobaqasini yakunlamoqda

Biroq u o‘z yo‘nalishida suzish mobaynida oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmas mitti plastik chiqindilar okean suviga qaydarajada qo‘shilganini aniqlamoqda.

Alikante shahridan Lissabongacha bo‘lgan masofadagi dengiz suvlaridan olingan namuna shuni ko‘rsatdiki, bir kub metr dengiz suvida 300 donagacha plastik zarrasi bo‘lgan. 

Germaniya okeanshunoslik markazi xodimi, doktor Tost Tanhuaning Sky News telekanaliga aytishicha, avvallari bu kabi ifloslanish dunyo okeanining yuzasida deb o‘ylangan bo‘lsa, so‘nggi tekshirular buning aksini ko‘rsatmoqda.

"Bu juda ham tashvishlanarlidir. Bu okeanda biz o‘ylagandan ham ko‘ra ko‘proq plastik chiqindilar borligini anglatadi", degan Tanhua. 

"Plastik chiqindilar okeanning biologik faol jarayonlar bo‘ladigan qismida ekani yanada achinarlidir. Ya'ni plastik chiqindini plankton yoki baliq yeyishi, uni esa siz-u biz tanovul qilishimiz mumkin".

Endilikda, olimlar Lissabondan Keyptaungacha bo‘lgan masofada olingan suv namunalarini tekshirishmoqda. 

Mavzuga oid
Top