8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

09:30 / 10.12.2017 53011

Toshkent shahar prokuraturasi KUN.UZ taqdimnomasini o‘rganmoqda

Foto: Bobir Dehqonov/Kun.uz

Toshkent shahar prokuraturasi KUN.UZ taqdimnomasini o‘rganib chiqmoqda, deya bayonot berdi idora rasmiy vakili Bobir Dehqonov matbuot brifingida. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda maxsus tergovoldi surishtiruv ishlari bormoqda.

“Biz sizning taqdimnomangizni prokuratura rahbariyatiga yetkazdik. Bu masala bilan idoraning tegishli tarkibiy tarmoqlari shug‘ullanmoqda. Hozirda, ushbu holatlar bo‘yicha tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilyapti. Bu ma'lum bir vaqtni va tegishli hujjatlarni yig‘ishni talab qiladi”, - dedi Bobir Dehqonov. 

Eslatib o‘tamiz, Tahririyat 2017 yil 1 avgustda o‘tkazilgan oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun davlat test sinovlari javoblari bo‘yicha qator tanqidiy maqolalar e'lon qilgan edi. Ularda, xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, moliya instituti va Toshkent davlat pediatriya institutlariga qabul qilish jarayonlarida ayrim fakultetlarga faqat bir guruh abituriyentlari kirgani dalillar bilan isbotlab berilgandi. 

Test sinovlari yakunlari: «Maxsus guruhlar» Toshkent moliya institutida ham ishlagani gumon qilinmoqda

Foto: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi sirlar ochilmoqda 

«Narxoz»da test kuni «rektorskaya gruppa» ishlaganmi yoki bu bir tasodifmi?

«Narxoz»ga kimlar kirgan o‘zi: Sxema qanday ishlagan? 

Shundan so‘ng, ushbu maqolalar to‘plami shahar prokuraturasiga topshirilgandi. 

Top