20:47 / 15.12.2017
10587

2017 yil so‘zi e'lon qilindi - Oksford lug‘ati versiyasi

Oksford lug‘ati youthquake so‘zini "2017 yil so‘zi" deya e'tirof etdi. Bu so‘z yoshlar xatti-harakati yoki ta'siri ostida yuzaga kelgan sezilarli madaniy, siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni bildiradi.

Lug‘at muharrirlari tomonidan to‘plangan ma'lumotlar youthquake so‘zining 2017 yilda 2016 yildagiga nisbatan besh karra ko‘p qo‘llanganini ko‘rsatmoqda. Ushbu so‘z jamoatchilik e'tiboriga birinchi marta Buyuk Britaniyadagi umumxalq saylovlar vaqtida tushgan.

O‘shanda yoshlar saylov uchastkalarida leyborchilarni qo‘llab-quvvatlagandi, shu tufayli konservatorlar parlamentda mutlaq ko‘pchilikni tashkil qila olmadi.

So‘z ikki qismdan iborat bo‘lib - youth (ingl. yoshlar) va quake (zilzila, silkinish) ma'nolarini anglatadi, shuningdek, u earthquake, ya'ni yer silkinishi so‘ziga hamohangdir.

Mavzuga oid
Top