10:05 / 15.12.2017
27597

Hisob palatasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

 Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisiga o‘rinbosar bo‘lgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, Mehriddin Abdullayev Hisob palatasi raisi Muzraf Ikromovning  o‘rinbosari etib tayinlagan. 

Mehriddin Abdullayev. Foto: mf.uz

Mehriddin Abdullayev Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanguniga qadar Buxoro viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan. Undan avval esa - 2016 yilning mart oyidan 2017 yilning yanvar oyiga qadar viloyat hokimining ma'muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. Undan oldinroq O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi ijrochi direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgandi.

Mavzuga oid
Top