00:24 / 17.12.2017
25008

Eng yaxshi avtomobil dvigatellari ma'lum qilindi

FOTO : «Mir 24» / Artem Kukovskiy

Avtomobillar bo‘yicha mutaxassislar 2018 yil uchun eng istiqbolli avtomobil dvigatellarini reytingini tuzishdi. Ward’s Auto nashri versiyasiga ko‘ra, eng yaxshi 10 ta motordan iborat reytingga Ford’ning V6 dvigateli yetakchilik qilmoqda.

Bu dvigatel 2,7 litr hajmga ega va F-150 modelida qo‘llanadi 2-o‘rinni ham Ford’ning 5 litrli V8 dvigateli egalladi. Bu dvigatel Mustang GT’da qo‘llanadi. 

Ta'kidlanishicha, o‘ntalikka birorta ham nemis markasining dvigateli kiritilmagan. Yetakchi uchlikni Honda Civic Type R’ning 2 litr, 4 silindrli motori yakunlamoqda. 4-o‘rinni Infiniti Q50’ning 3 litr, 6 silindrli motori egallagan. Mutaxassislar tomondan KIA Stinger modelining 3,3 litrli va Jaguar XF’ning 2 litrli turbomotori ham yuqori baholangan.

Eng yaxshi “yashil” dvigatellar Chrysler Pacifica, Honda Clarity va Toyota Camry’ning gibrid dvigatellari bo‘ldi. Chevrolet Bolt modelida o‘rnatilgan dvigatel eng yaxshi elektrodvigatel deb topildi.

Hammasi bo‘lib mutaxassislar reytingni tuzishda 32 dvigateldan eng munosiblarini tanlab olishgan. Bu dvigatellar bir necha oy davomida turli sinovlardan o‘tkazilgan. 

Mavzuga oid
Top