12:20 / 18.12.2017
42259

Davlat xizmatlari agentligiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimiga yangi rahbar tayinlandi.

Adliya vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi qarori bilan Xalilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev ushbu lavozimni egallagan.

Xalilillo To‘raxo‘jayev mazkur lavozimga tayinlanishidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Top