18:10 / 18.12.2017
14084

Qo‘y-qo‘zilarni olib qochgan ikki nafar ayol fosh etildi

Foto: Buxoro viloyati IIB

Cho‘l hududida qarovsiz qolgan qo‘y-qo‘zilarni olib qochishni kim uyushtirgani aniqlandi. G‘ijduvon tuman IIBga, "Jovgari" MFY, Jovgari qishlog‘ida yashovchi, Nurali Tilavov Usmonovich ariza orqali murojaat qilib, 2017 yil 25 noyabr kuniga o‘tar kechasi soat 01:00 larda noma'lum shaxslar uning Zafarobod qo‘rg‘oni, "Ko‘kcha" MFYda joylashgan qarovsiz qoldirilgan qo‘rasidan jami bahosi 4.500.000 so‘mlik 15 bosh qo‘ylarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan edi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Do‘stlik" MFYda yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan N. Z. va uning jinoiy sheriklari Karmana tumani, "Malikrabot" MFYda yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan N. M., Navbahor tumani, "Sovungar" MFYda yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan N. Z., Karmana tumani, "Yoshlik" MFYda yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan H. G. hamda Karmana tumani, "Sardor" MFYda yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan T. J. tomonidan sodir qilinganligi aniqlangan. Eng achinarlisi shundaki, ushbu harakatlarga ikki nafar ayolning aralashib qolgani atrofdagilarni taajjubga soladi.

Ushbu holat yuzasidan Z.N., M.N., J.T., Z.N. va G.H.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top