12:30 / 18.12.2017
32200

O‘zbekistonlik jangchi navbatdagi raqibini nokautga uchratdi

17 dekabr kuni o‘zbekistonlik aralash janglar ustasi Murod Xonto‘rayev o‘zining navbatdagi jangini Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida o‘tkazdi.

AFCA chempionligi uchun kechgan mazkur bahsda Xonto‘rayevga ukrainalik Yuriy Gorbenko raqiblik qildi.

Ukrainalik sportchi faoliyati davomida 53ta professional jang o‘tkazib, shundan 11tasida g‘alaba nashidasini surgan.

Xonto‘rayev bu raqibini muddatidan oldin nokautga uchratdi.

Xonto‘rayev bundan oldingi jangini 22 noyabr kuni Bishkekda WEF GLOBAL 10-turniri doirasida o‘tkazgan edi.

Top