19:55 / 19.12.2017
23262

Toshkentda ikki shaxs yirik o‘g‘irlikka qo‘l urdi

2017 yilning 22 noyabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida fuqaro D.D.ning xonadoni eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 2.800.000 so‘m, 125 AQSh dollari miqdoridagi pullari hamda 2.300.000 so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida, mazkur jinoyatni Yu.L. va N.V. sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Top