20:25 / 20.12.2017
10996

Eron kubogi. Jyeparov goli bilan «Istiqlol» g‘alabasiga hissa qo‘shdi

Eron kubogining chorakfinalida Tehronning «Istiqlol» klubi «Bushihr» bilan bellashdi.

O‘yin mezbonlarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan tugadi. Gollardan biriga hamyurtimiz Server Jyeparov mualliflik qildi.

Natijada, «Istiqlol» musobaqa yarimfinaliga yo‘l oldi. Bu bosqichda unga Xuzistonning «Istiqlol», «Xunih be Xunih» yoki «Sanoat Naft» klublaridan biri raqib bo‘ladi.
   
Eron kubogi, chorakfinal

Istiqlol (Tehron) - Bushihr - 3:0

Gollar: Husayniy (45+5), Jyeparov (50), Qurboniy (90+2)

Mavzuga oid
Top