09:28 / 20.12.2017
15946
«TO’XTANIYOZ – OTA» kompaniyasi “Halol” (Halal) sertifikatini qo‘lga kiritdi

«TO’XTANIYOZ – OTA» fermerlik xo‘jaligi Xalqaro Standartlashtirish va Sertifikatlashtirish markazi tomonidan rasmiy “Halol” (Halal) sertifikatini qo‘lga kiritdi. Mazkur hujjat Rossiya Muftiylar Kengashi qaroriga muvofiq taqdim etiladi va Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi Raisi, muftiy shayx Ravil Gaynutdin tomonidan imzolanadi.

Foto: TO’XTANIYOZ – OTA

Dunyo miqyosida tan olingan “Halol” sertifikati – barcha go‘sht mahsulotlarining tarkibiy qismlarini Halal talablariga mos kelishini tasdiqlaydi. «TO’XTANIYOZ – OTA» kompaniyasi 1997 yildan shu bugungi kunga qadar yuqori sifatdagi “Halol” go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Endilikda mazkur mahsulotlar rasmiy sertifikat bilan o‘z tasdig‘ini topdi. Bugungi kunda kompaniya iste'molchilarga 150 dan ziyod turli xildagi go‘sht mahsulotlarini taqdim etmoqda. Avvallari fermer xo‘jaligi ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sertifikat ham olgan edi.

«TO’XTANIYOZ – OTA» kompaniyasi mahsulotlarining xaridorlari va iste'molchilariga tanlov va ishonch uchun chin yurakdan o‘z minnatdorchiligini bildiradi, shuningdek iste'molchilarni kelgusida yangi hamda mazali mahsulotlar bilan xursand qilishga va'da beradi.

Reklama huquqi asosida

Top