14:42 / 21.12.2017
62609

Arab tili kurslari 2 yanvardan faoliyatini boshlaydi: qabul keyingi hafta

Foto: Muslim.uz

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta'lim muassasalarida “Arab tili” fani bo‘yicha pullik o‘quv kurslari bo‘yicha tashkiliy ishlar yakunlandi. Mazkur o‘quv kurslari 2018 yilning 2 yanvaridan boshlab o‘z faoliyatini boshlaydi, deb xabar qilmoqda Idora matbuot xizmati. 

O‘quv kurslarida tahsil olish istagida bo‘lgan tinglovchilarning hujjatlari 2017 yilning 25-27 dekabr kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha barcha ta'lim muassasalarida qabul qilinadi.

O‘quv kurslariga O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari suhbat asosida qabul qilinadi.

Tinglovchilar diniy ta'lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- rektor nomiga ariza;
- sog‘ligi haqida tibbiy ma'lumotnoma (U-086-shakl);
- pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
- 4 dona fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi);
- yashash joyidan ma'lumotnoma;

O‘quv kurslari bo‘yicha qiziqtirgan savollar yuzasidan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (+99871-227-23-47).

Mir Arab oliy madrasasi (Buxoro viloyati, +99894-604 45 97).

“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti (Toshkent shahri, +99871-242 10 82).

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti (Toshkent shahri, +99871-299 24 11).

“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurti (Qashqadaryo viloyati, Kitob shahri, +99875-542 74 25).

“Mir Arab” o‘rta maxsus islom bilim yurti (Buxoro viloyati, Buxoro shahri, +99895- 600 45 97).

“Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti (Buxoro viloyati, Buxoro shahri, +99865-221 77 44).

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurti (Andijon viloyati, Andijon shahri, +99895-201 68 70).

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti (Namangan viloyati, Namangan shahri, +99869-226 60 60).

“Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom bilim yurti (Xorazm viloyati, Urganch shahri, +99895-606 92 55).

“Muhammad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom bilim yurti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, +99861-229 03 20).

Top