11:40 / 21.12.2017
12208

O‘simliklar karantinini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi rahbari o‘zgardi

Foto: KUN.UZ

O‘simliklar karantinini nazorat qilish Davlat inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Inspektsiya vakilining ma'lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantinini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi rahbarligiga Ibrohim Kenjabayevich Ergashev tayinlangan. 

Shu paytgacha bu lavozimda Alisher Mirzaliyevich Sodiqov faoliyat yuritayotgan edi. 

Ibrohim Ergashev bungacha “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmui boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan. 2014-2016 yillarda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantinini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 avgustdagi farmoni bilan tashkil etilgan.

Top