10:10 / 22.12.2017
10115

AQSh harbiylari shundoq jang maydonida dronlar bosib chiqarishga o‘rgatildi

Foto: Getty images

Amerikalik olimlar AQSh armiyasiga o‘z maqsadlarida fuqarolik dronlaridan foydalanishni o‘rgatdilar. Endi harbiylar jangovar vazifalarni bajarish uchun kichik dronlarni bosib chiqara oladilar, deb xabar bermoqda Engadget.

Mutaxassislar AQSh dengiz piyoda qo‘shinlariga katalogdan foydalanib, dronning turli detallarini bosib chiqarishni va ularni bir qurilmaga yig‘ishni ko‘rsatdilar. Loyiha muhandislaridan biri Larri R. Xolmsning aytishicha, askarlar o‘z vazifalarini bajarishda innovatsion qurilmalarni qo‘llashga qiziqish bildirishgan. 3D-printer va ehtiyot qismilar to‘plami istalgan dronni bir kundan kamroq vaqt ichida yaratishga imkon beradi.

Shu tariqa, harbiylar dronlarni muayyan turdagi vazifalarni bajarishda qo‘llashlari mumkin bo‘ladi. Ayni vaqtda AQSh armiyasi harbiy dronlardan foydalanadi. Bu dronlar yirik bo‘lib, osmonda uzoq vaqt qolish, kuzatuv olib borish va hujum qilishga qodir.

Mavzuga oid
Top