10:51 / 23.12.2017
13947

Amerikalik diplomat AQSh Al-Quds bo‘yicha qarori sababli yakkalanib qolganini aytdi

Foto: Eduardo Munoz Alvarez

AQSh Isroil va Falastin munosabatlariga “muvaffaqiyatsiz” aralashuvdan keyin Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha yakkalanib qoldi. Bu haqda amerikalik diplomat va AQShning Saudiya Arabistonidagi sobiq elchisi Chas Friman aytib o‘tdi.

“AQSh Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha yakkalanib qoldi. Samarasiz “tinchlik jarayoni bunda o‘z rolini o‘ynadi”, deb aytgan Friman. Uning aytishicha, Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishi “AQShning Isroilga yon bosuvchi ko‘p yillik tarixining” avj nuqtasi bo‘ldi.

“BMTdagi ovoz berish xalqaro hamjamiyat borligini va AQSh emas, aynan bu tashkilot xalqaro qonunlarni o‘rnatishi haqidagi eslatmadir”, deb aytgan Friman.

Avvalroq BMT Bosh assambleyasi ko‘pchilik ovoz bilan AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish qarorini tan olmaslik haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

Mavzu
Quddus Isroil poytaxti deb tan olinishi

6 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusning Isroil poytaxti deb tan oldi. U AQSh Davlat departamentiga Tel-Avivdagi elchixonani Quddusga ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlash vazifasini topshirdi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top