23:09 / 23.12.2017
26323

Otabek Shukurov BAA klubiga o‘tdi

Foto: Twitter / @sharjahfc

«Bunyodkor» yarimhimoyachisi Otabek Shukurov BAAning «Sharja» klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda amirlik klubining rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

21 yoshli futbolchining Toshkent klubi bilan imzolagan shartnomasi muddati tugagani bois, u yangi jamoasi tarkibiga erkin agent sifatida o‘tdi.

Ayni paytda «Sharja» klubi BAA chempionatida 9-o‘rinda bormoqda.

Top