16:49 / 23.12.2017
8448

Toshkent va Bekobod tumanlarida 2 inson yong‘in tufayli halok bo‘ldi 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati o‘tgan hafta mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

2017 yilning 12 dekabr kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan «To‘raqo‘rg‘on kino video» MChJga tegishli «Bobur» kino konsert zali binosida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida binoning 120 kv.m. maydonda sahnasi va tom qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

2017 yilning 12 dekabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan «Jamol Chorva Agro» FXga tegishli molxonada yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida molxonaning 300 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va g‘amlab qo‘yilgan xashagi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

2017 yilning 14 dekabr kuni Samarqand shahrida yashovchi O.Fayzullayevning uyida gazda ishlaydigan isitish pechini deraza oldiga o‘rnatilishidan pech pardani yondirishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 20 kv. metr maydonda tomi va shift qismi yonib, zararlangan. Yong‘in oqibatida ushbu xonadonga mehmonga kelib, tunab qolgan fuqarolar J.E va G‘.E.lar kuyish tan jarohati olishib, shifoxonaga joylashtirilganlar.

2017 yilning 14 dekabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan «Gofr korobok» MChJga tegishli korobka bo‘laklarini ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lib, sexning 150 kv. metr maydonda tomi, shifti va jihozlari yonib, zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

2017 yilning 15 dekabr kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashovchi S.A.ning uyida elektr plita moslamasidan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 10 kv. metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan.

2017 yilning 15 dekabr kuni Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi fuqaro U.E.ning uyida mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 12 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan.      

2017 yilning 17 dekabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi A.K.ning uyidagi konditsionerning nosozligi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 300 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda yong‘in qo‘shni uylarga o‘tishidan 25 kv.metr maydonda tom qismlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.    

2017 yilning 17 dekabr kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi R.V.ning uyida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 160 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda yong‘in qo‘shni uylarga o‘tishidan 40 kv.metr maydonda tom qismlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top