23:50 / 25.12.2017
26688

Afg‘onistondagi vaziyat AQSh qo‘shinlari qisqartirilgandan keyin yomonlashdi – Putin  

Afg‘onistondagi vaziyat AQSh qo‘shinlari qisqartirilgandan keyin yomonlashdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal yig‘indagi uchrashuvida aytib o‘tdi.

“Vyacheslav Viktorovich (Volodin – tahr.) so‘zlayotgani – Afg‘onistondan solinayotgan terrorchilik xavfiga kelsak, ha vaziyat yomonlashdi, haqiqatan yomonlashdi, bu rost, u yomonlashishda davom etmoqda, biroq u yerda AQSh bo‘lmaganda, bundan ham yomonroq bo‘lardi”, deb ta'kidlab o‘tgan Putin.

“Bizda AQSh bilan murakkab munosabatlar bo‘lsa-da, biroq ishga xolis yondashishimiz lozim, ishlar esa hozir shu ko‘rinishda”, deb qo‘shimcha qilgan Putin.

Top