12:00 / 27.12.2017
44005

«O‘zbekiston prezidenti kabi ishlang». Qirg‘izistonda talaba bosh vazirga chaqiriq bilan chiqdi

Foto: Gov.kg

Qirg‘izistonning Jalolobod davlat universiteti talabalaridan biri o‘z mamlakati bosh vaziri Sapar Isoqovni «O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kabi ishlashga» chaqirdi.

Talaba bu haqda Jalolobod davlat universitetining Qirg‘iziston hukumati rahbari bilan 26 dekabr kungi uchrashuvida aytib o‘tdi. Isoqov mintaqa bo‘ylab amaliy safarni amalga oshirmoqda.

Xususan, talabaning tushuntirishicha, qo‘shni davlat rahbari yig‘ilish davomida qo‘yilgan savollarga javob qaytara olmagan bir necha vazirlarni ishdan bo‘shatgan. Uning fikriga ko‘ra, Qirg‘izistonda hokimiyat vakillari ham shunday qat'iy bo‘lishi kerak.

O‘z navbatida, Sapar Isoqovning javob qaytarishicha, u yopiq eshiklar ortida har bir amaldorga yuqori talab qo‘yadi va kerak bo‘lganda, ularni ishdan bo‘shatish haqida qaror qabul qiladi. 

Top