21:55 / 27.12.2017
81279

O‘zbekistonlik yigit Niger aholisi uchun quduqlar qurmoqda

Foto: Facebook/Suhrob Karimov

O‘zbek millati har doim savob talabida bo‘lgan va doim o‘zgalarga yaxshilik qo‘lini cho‘zib kelgan. O‘zbekistonning Xiva shahridan bo‘lgan, ayni damda AQShda istiqomat qilayotgan Suhrob Karimov ham ana shunday savobli ishga qo‘l urdi.

Gap shundaki, Suhrob Karimov o‘zining yangi loyihasi asnosida jahonning qurg‘oqchilik hukmron yerlarida suv chiqarib, mahalliy aholining quvonchiga sabab bo‘lmoqda va bu bilan O‘zbekiston nomini ham xorijiy xalq vakillariga tanitmoqda. Suhrob Karimovning Nigerda zamonaviy quduq qurib, mahalliy aholini tabiiy suv bilan ta'minlanishiga hissa qo‘shgani ham gapimizning yorqin isbotidir.

Foto: Facebook/Suhrob Karimov

«Yangi loyihamiz Nigerda zamonaviy quduqlar qurishdan iborat bo‘lib, dastlabki ikkita quduq foydalanishga tayyor va ularga ota-onamning nomini berdim», deb yozadi Suhrob Karimov “Feysbuk”dagi o‘z sahifasida.

Mavzuga oid
Top