18:50 / 28.12.2017
21869

2017 yilda «qaroqchi» saytlardan eng ko‘p yuklab olingan serial ma'lum 

Kadr: "Taxtlar o‘yini"/"Fors-majorlar"

2017 yilda «qaroqchi» saytlaridan eng ko‘p yuklanib olgan serial nomi ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Esquire. «Taxtlar o‘yini» qatorasiga oltinchi marta bu nomni «qo‘lga kiritdi».

Ikkinchi o‘rinni «Tirik murdalar» egalladi. Ushbu serial 2016 yilda ham shu pozitsiyada edi.

Keyingi pog‘onalardan «Flesh» va «Katta portlash nazariyasi» joy oldi.

Keyingi uch o‘rin ro‘yxatdagi yangi seriallar tomonidan band etildi - «Rik va Morti», «Qochish» hamda «Sherlok» seriali.

Sakkizinchi o‘rin «Vikinglar»da bo‘lsa, to‘qqizinchi pog‘onada - «Fors-majorlar». «Nayza» 10-o‘rinni egalladi.

Top