17:30 / 28.12.2017
22916

Darig‘a Nazarboyeva: «Har bir hokimda vertolyot bo‘lishi kerak»

Foto: pexels.com

Nursulton Nazarboyevning qizi, senator Darig‘a Nazarboyevaning aytishicha, Qozog‘istondagi har bir hokimda vertolyotlar bo‘lishi kerak, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

"Hozirda biz mana Eurocopter’da mehmondamiz. Uning rivojlanish yo‘llari haqida bundan keyin ham ko‘rsatish lozim, sababi qozog‘istonliklar bunday vertolyotlarning foydasi haqida to‘liq ma'lumotga ega emaslar. Sanaviatsiya rivojlanishi kerak. Har bir hokimda, ayniqsa qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi mintaqalarda, shunday vertolyot bo‘lishi shart. Har kuni 500 kilometr yo‘lni avtomobilda bosib o‘tish kerak emas, balki 2-3 soatda vertolyotda uchib kelish va hamma joyni ko‘zdan kechirib chiqish imkoni bor. Bu ishni ancha yengillashtiradi. Katta shaharlarda esa tirbandlik muammosi bor, shuning uchun biz bu borada ham navbatda turishga majburmiz", - deya aytib o‘tgan Darig‘a Nazarboyeva "Yevrokopter Qozog‘iston injiniring" zavodiga tashrifi chog‘ida.

"Xorijdagi katta shaharlarda aerotaksi ishlaydi, bu juda serdaromad narsa. Shuning uchun bizni iqtisodiyotni ham kelajakda shu kutayotganini taxmin qilish mumkin. Biz bunday ishlab chiqarish quvvatlarini qo‘llashimiz hamda rivojlantirishimiz lozim", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi deputat.

Mavzuga oid
Top