21:30 / 29.12.2017
12109

Xitoyda 533 ta modeldagi avtomobillar ishlab chiqarilishi taqiqlandi

Foto: Global Look Press

Xitoy hukumati motorlari yoqilg‘i sarflash davlat me'yorlari va ekologik talablarga javob bermaydigan 533 ta modeldagi yengil avtomobillarning ishlab chiqarilishini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.  
   
Ushbu mashinalarning ishlab chiqarilishiga taqiqlov 2018 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Bu avtomobillar orasida BMW, Mercedes-Benz, Audi, Volkswagen va Chevrolet markalari modellari ham bor. Taxmin qilinishicha, kelgusida bu ro‘yxat kengaytirilishi mumkin. 

Avvalroq Xitoy hukumati yaqin orada mamlakatda ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillar ishlab chiqarilishi va sotilishini to‘liq taqiqlashi mumkinligi ma'lum qilingandi. Ayni vaqtda Xitoyning sanoat va axborotlashtirish vazirligi boshqa tartibga soluvchi davlat muassasalari bilan birga benzin va dizelda ishlovchi motorlarga ega mashinalarni ishlab chiqarish va sotishga taqiqlov kiritilishi mumkin bo‘lgan sanani muhokama qilmoqda.   

Bu qadam Xitoy avtomobilsozlik sanoatiga “ulkan ta'sir” ko‘rsatib, uning “yashil” avtomobillar ishlab chiqarishga o‘tishga undashi hamda atrof-muhit ifloslanishi darajasini kamaytirishi kerak.  

Mavzuga oid
Top