18:50 / 29.12.2017
19123

Moskva oblastida qariyb 100 nafar noqonuniy migrant ushlandi

Foto: Sputnik

Moskva oblastining Udino qishlog‘ida qariyb yuz nafar noqonuniy migrant huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Moskva agentligi xabar tarqatgan.

«Xorijiy fuqarolar tomonidan RF hududiga kirish tartibini buzganlik va noqonuniy mehnat faoliyatini olib borganlik uchun hammasi bo‘lib 95 nafar noqonuniy migrant ma'muriy javobgarlikka tortildi», - deya ma'lum qilgan Rossiya IIVning Moskva oblasti bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Tatyana Petrova.

Uning aniqlik kiritishicha, ushbu noqonuniy migrantlarning har biri ikki mingdan besh ming rublgacha jarimaga tortiladi, so‘ng ularning bari Rossiya hududidan chiqarib yuboriladi.

Top