09:40 / 29.12.2017
10311
Tramp AQShda islomofobiya kuchayganida ayblandi
Foto: Getty images

AQShdagi musulmonlar Donald Tramp prezidentga aylanganidan beri Qo‘shma Shtatlarda islomofobiya jiddiy kuchayganiga to‘qnash kelishmoqda. Bu haqda The Independent Islom-Amerika munosabatlari bo‘yicha kengash rahbari Ibrohim Xuperning bayonotiga tayangan holda xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, islomofobiyaning hozirgi darajasi 2001 yilning 11 sentabr kungi teraktlardan so‘ng mamlakatda kuzatilgan holatdan ancha yuqoridir.

Xuperning so‘zlariga qaraganda, odamlar kishilar gavjum bo‘lgan yerlarda islom diniga e'tiqod qilishlarini aytishdan qo‘rqishmoqda.

«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yil musulmonlarga qarshi yo‘naltirilgan hodisalarning soni bo‘yicha eng yomon yilga aylanadi», - deya aytib o‘tdi u.

Top