20:30 / 30.12.2017
8074

Avstraliyalik harbiylar 325 mln dollarlik giyohvand modda tashib ketayotgan kemani ushlashdi

Foto: EPA

Avstraliya harbiy-dengiz kuchlarining “Varramunga” fregati Arabiston dengizida deyarli 8 tonna gashish giyohvand moddasini tashib ketayotgan kemani ushladi. 

“Ekipaj bu vazifaga puxtalik bilan tayyorgarlik ko‘rdi va biz shubhali kemalarni topib, ularga qo‘nish uchun vertolyotlarimizdan foydalandik”, deb aytgan “Varramunga” kapitani.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ushlangan giyohvand moddaning qora bozordagi qiymati 325 mln dollarni tashkil qiladi.

Ta'kidlanishicha, ushbu fregat ekipaji kuni-kecha 69 kg geroinni musodara qilgan.

Top