01:15 / 30.12.2017
23415

“Profilaktika inspektor”lari kollej o‘quvchisini tunab ketishdi

Buxoro viloyati, Romitan tuman IIBga, Romitan tumani, “Qizilrabod” MFY, Qizilqum qishlog‘ida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan, Buxoro Avtomobil va yo‘llar kolleji 2-bosqich talabasi Nurmaxanov Emirbet Yoqub o‘g‘li ariza bilan murojaat qilib, ushbu kollej yotoqxonasi binosi oldida noma'lum shaxs o‘zini uchastka noziri deb tanishtirib unga tegishli bo‘lgan “Samsung J5” rusumli telefon apparati, 250.000 so‘m naqd pullari va fuqaro Muratov Sulaymonning nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartochkasini olib ketganligini bildirgan.

Olib borilgan tekshiruv ishlari davomida, ushbu jinoyat Buxoro tumani, Shergiron MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li yoqasida sodir etilganligi va ushbu talonchilik jinoyatini, Buxoro tumani, “Xonobod” MFY, Ko‘xnamachit qishlog‘ida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan Botirov Sodiqbek Sa'dilloyevich va shu manzilda yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan Rustamov Bahrom Tohir o‘g‘illari sodir qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.Botirov va B.Rustamovlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top