19:30 / 31.12.2017
9729
Eronda g‘alayonlar fonida Telegram bloklandi - Durov izoh berdi

Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov Eron hukumatining mamlakat norozilik aksiyalari tashkilotchilarining kanallarini bloklash haqidagi so‘rovlari rad etilgach, hukumat mamlakat hududida ushbu messenjerga ulanish imkoniyatini cheklab qo‘yganini bayon etdi, deb yozadi RIAN.

«Eron hukumati tinch namoyishchilarning @sedaiemardom (Sadoi mardum) va boshqa kanallarini to‘sib qo‘yish borasidagi so‘rovini ochiq rad etganimizdan so‘ng eronliklarning aksariyat qismi uchun Telegram’ga ulanishni bloklamoqda», — deb yozgan Durov Twitter’dagi o‘z sahifasida.

Ilgariroq Mashhadda 200 kishi ishtirok etgan norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Ular Erondagi iqtisodiy holatdan norozilik bildirib, hukumatga qarshi shiorlarni baralla aytishgan. Politsiya Mashhaddagi oldindan kelishilmagan mitinglarda qatnashgan va davlat mulkiga ziyon yetkazgan 52 kishini hibsga olgan.

Norozilik aksiyalari Eronning boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tmoqda. Hukumat Do‘rud shahrida bo‘lib o‘tgan aksiyalar davomida ikki kishi halok bo‘lganini xabar qilib, «xavfsizlik kuchlari norozilik bildirayotganlarga qarata o‘t ochmagani»ni alohida qayd etishgan.

Mavzu
Eronda g‘alayonlar to‘lqini

29 dekabr kuni Eronning turli shaharlarida inflatsiya, rahbariyat va katta xarajatlar talab qilayotgan tashqi siyosatga qarshi namoyishlar to‘lqini boshlandi.

Barchasi
Top