23:00 / 31.12.2017
16279

Koreya Respublikasi prezidenti yangi yilda O‘zbekistonga kelishi mumkin

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Je In va uning rafiqasi Kim Jon Suk Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni prezident matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.

«O‘tib borayotgan yildagi bizning uchrashuvimizdan so‘ng o‘zaro munosabatlarimizning mustahkamlanishi ramziy ma'noga ega. O‘zaro ishonchga asoslangan xalqlarimiz o‘rtasidagi samimiy do‘stlik Yangi yilda yanada mustahkamlanishini tilayman. Sizga mustahkam sog‘liq va baxt-saodat tilab, Siz bilan yana uchrashishimizga umid qilib qolaman», deyiladi tabrik matnida. 

Bundan tashqari, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev hamda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan tabriklari matnlari keltirilgan.

Qo‘shni davlat rahbari Qozog‘iston xalqi va o‘z nomidan Shavkat Mirziyoyevni yangi 2018 yil bilan chin yurakdan muborakbod etgan. U o‘zbekistonlik hamkasbiga sihat-salomatlik va davlat xizmatidagi faoliyatida muvaffaqiyat, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilagan.   

Belarus prezidenti 2018 yil kirib kelishi munosabati bilan samimiy qutlovlarni yo‘llab,  O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi samarali hamkorlik yangi yo‘nalishlar bilan boyib, xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlanib boraverishiga ishonch bildirgan.

Top