11:00 / 01.01.2018
39105

Amerikalik qiz o‘limidan bir necha soat avval turmushga chiqdi

Amerikaning Konnektikut shtatida kamdan-kam ro‘y beradigan hodisa bo‘lib o‘tdi. Shtatdagi shifoxonalardan birida davolanayotgan qiz turmushga chiqdi, deb yozmoqda Sun nashri.

Qayd etilishicha, Devid Mosher tanlagani Hezer Lindsining qo‘lini 2016 yil dekabrida so‘rashni rejalashtirgan. Biroq qizga ko‘krak saratoni tashxisi qo‘yilgani xalaqit berdi. Shunga qaramay, Devid o‘z niyatidan voz kechmadi. 

Hezer yil davomida kasallikka qarshi kurashdi va 2017 yil oxirida Devid bilan turmush qurdi. Ammo shifoxonada bo‘lib o‘tgan nikoh to‘yidan 18 soat o‘tgach, 22 dekabrda hayot bilan vidolashdi.
 
Kelinning dugonasi Hezerning jasurligini qayd etib, uning muhabbati o‘limdan qo‘rqmaslikka kuch bag‘ishlaganini ta'kidladi. 

 

Top