17:20 / 01.01.2018
46928
O‘zbekistonda mobil aloqa operatorlari xizmatlari narxi oshishi mumkin

O‘zbekiston hukumati 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab mobil aloqa (uyali aloqa kompaniyalari) xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan abonentlik raqamini ishlatish uchun to‘lov miqdorni oshirdi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrda imzolangan PQ-3454 sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.

Endilikda mobil aloqa operatorlari tomonidan taqdim etilgan raqamlarga nisbatan abonent to‘lovi — oyiga 4000 so‘m etib belgilandi. Bunday to‘lov miqdori 2017 yilda 2000 so‘m va 2016 yilda 1500 so‘mni tashkil qilgan.

To‘lov har bir abonentlik raqami uchun olinadi. Ularning soni esa oyning so‘nggi kunidagi holat bo‘yicha aniqlanadi.

Buning ortidan mobil aloqa operatorlari xizmatlari narxi oshishi kutiladi.

Top