22:30 / 02.01.2018
9122

Afg‘onistondagi janglar vaqtida amerikalik harbiy halok bo‘ldi

Afg‘onistonda amerikalik bir harbiy halok bo‘ldi va yana 4 harbiy jarohatlandi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi shtabi rasmiy tvitterida ma'lum qilingan.

«1 yanvar kuni Nangarhar viloyatidagi Achine tumani hududidagi janglar vaqtida bir harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana 4 kishi yaralandi», deyilgan xabarda.

Afg‘onistonda keyingi vaqtlarda vaziyat og‘irlashgan. «Tolibon» harakati faollashuvi kuzatilmoqda, jangarilar tog‘li hududlardan tushib, shaharlarga hujum qilishga o‘tgan. Shuningdek, mamlakatning g‘arbiy hududlarida IShID ta'siri ostidagi kuchlar harakatlanmoqda.

Top