09:30 / 02.01.2018
8333

«Manchester Yunayted» duranglar seriyasini to‘xtatib, g‘alabaga erishdi

Foto: Manchester Yunayted

Angliya Premer-ligasining 22-turida «Everton» «Manchester Yunayted»ni qabul qildi. «Gudison Park» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida gollarga Antoni Marsiyal va Jyessi Lingard mualliflik qilishdi.

Shu tariqa, mankunianliklar APLda 3 durangdan keyingi ilk g‘alabani nishonlashdi, «Everton» g‘alabasiz seriyasini 4 o‘yinga yetkazdi (2 durang va 2 mag‘lubiyat).

Ayni vaqtda «Manchester Yunayted» ochkolari sonini 47taga yetkazgan va turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa qaytgan, «Everton» 27 ochko bilan — to‘qqizinchi o‘rinda qolmoqda.

Angliya chempionati
22-tur

Everton – Manchester Yunayted 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 57 Marsiyal, 0:2 – 81 Lingard.
Everton – Pikford, Xolgeyt, Kin, Uilyams, Martina, Devis, Shnayderlin, Vlashich, Runi (Makkarti, 62), Bolazi (Lennon, 62), Nyasse (Kelvert-Lyuin, 81).
Manchester Yunayted –    De Xea, Lindelef, Jons, Roxo, Shou, Errera, Matich, Pogba, Mata (Tuanzebe, 90), Marsiyal (Reshford, 77), Lingard (Blind, 87).
Ogohlantirishlar: Runi (43), Xolgeyt (83).

Top