21:35 / 02.01.2018
19248

Messi o‘zining kamchiliklari haqida gapirdi

Foto: Reuters

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Oltin to‘p»ning besh karra sohibi bo‘lsa-da, zaif tomonlari borligini aytdi.

«Men mukammal bo‘lmoqchiman. Yuqori saviyaga ko‘tarilishim uchun sayqallashim shart bo‘lgan jihatlar bor. Masalan, penaltilar. Men «nuqta»dan tepishni ko‘proq mashq qilishim lozim.

Faoliyatimni yakunlagach, murabbiy bo‘lmasam kerak. Ammo, bungacha hali uzoq vaqt bor, fikrimni o‘zgartirishim ham mumkin» - dedi Messi.

Top