15:30 / 02.01.2018
10440

Saakashvili yana chaqiriq bilan chiqdi 

Foto: RIA "Novosti"

Gruziya sobiq prezidenti, Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili kiyevliklarni IIV va UXX binolariga kelish hamda ukrainalik huquq himoyachisi Irina Nozdrovskayaning o‘ldirilishi bo‘yicha ishda “adolat talab qilishga” chaqirdi.

Siyosatchi Facebook’dagi o‘z sahifasida o‘zi ishtirok eta olmaydigan norozilik aksiyasiga “bee'tibor bo‘lmagan barchani” qo‘shilishga chaqirgan.

"Ertaga darg‘azab bo‘lgan fuqarolar IIV va UXXga adolat talab qilib kelishadi. Men bunga bee'tibor bo‘lmagan barchani qo‘shilishga chaqiraman. Ertaga ular orasida bo‘lamanmi? Bo‘laman. Qalbim va yuragim bilan. Men birga bo‘laman – biroq yoningizda va tribunada emas. Mening safdoshlarim hamda do‘stlarim kelishadi", - deya yozdi u.

Saakashvilining so‘zlariga ko‘ra, u o‘zini Nozdrovskayaning o‘limini siyosiy manfaati yo‘lida foydalanayotganlikda ayblamasliklari uchun kelmaydi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi yanvar kuni huquq himoyachisining jasadi Kiyev oblastidagi daryolarning biridan topildi. Politsiya uning o‘limini professional faoliyati bilan bog‘lamoqda. Saakashvili huquqi himoyachisining o‘limi “prezident va ichki ishlar vaziri tomonidan boshqarilayotgan hamda siyosiy raqiblar, hokimiyatni tanqid qiluvchilar, faollar, korrupsiyaga qarshi bo‘lganlar bilan kurashga safarbar etilgan jinoiy tizim” tufayli ro‘y berganini ma'lum qildi.

Mavzuga oid
Top