11:00 / 02.01.2018
13399

«Vashington, London va Ar-Riyod aybdor!» - Eron bayonot bilan chiqdi

Foto: AFP

Eronning Milliy xavfsizlik bo‘yicha oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniyning ma'lum qilishicha, mamlakatdagi norozilik aksiyalari Tehron bilan qator davlatlar olib borayotgan “bevosita urush” doirasida bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi. 

Shamxoniy dushanba kuni chiqish qilib, Erondagi norozilik namoyishlari ortida AQSh, Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni turganini ta'kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatlar ijtimoiy tarmoqlardagi kampaniyalarni boshqarmoqda, ular esa norozilik aksiyalarini o‘tkazishga ta'sir ko‘rsatadi.

"Bizning tahlillarga ko‘ra, Eronga qarshi yo‘naltirilgan taxminan 27 foiz yangi heshteglar Saudiya hukumati tomonidan ishlab chiqilgan", - deya aytib o‘tdi Eronning Milliy xavfsizlik bo‘yicha oliy kengashi kotibi. Uning so‘zlariga qaraganda, tashqaridan aralashuv Eronga turli sohalardagi taraqqiyot jarayonlariga xalaqit berishga yo‘naltirilgan. Shamxoniyning ta'kidlashicha, norozilik namoyishlari "bir necha kundan so‘ng yakuniga yetadi".

Eronning yirik shaharlari – Tehron, Mashhad, Isfaxon va Reshtda 28 dekabrdan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, namoyishlar davlatdagi ichki muammolar tufayli, shuningdek boshqa mamlakatlar fitnasi bilan o‘tkazilmoqda. Eron OAV ma'lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishlari vaqtida 10 kishi halok bo‘ldi.

Mavzu
Eronda g‘alayonlar to‘lqini

29 dekabr kuni Eronning turli shaharlarida inflatsiya, rahbariyat va katta xarajatlar talab qilayotgan tashqi siyosatga qarshi namoyishlar to‘lqini boshlandi.

Barchasi
Top