11:00 / 03.01.2018
10713

KXDR Janubiy Koreya bilan muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘ldi

Foto: Asian Correspondent

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya bilan oliy darajada muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Bu Pxanmunjomdagi qurolsizlantirilgan hududda maxsus aloqa vositasi yordamida ro‘y beradi, deb xabar qilmoqda «Ryonxap».

Xabar qilinishicha, muzokaralar Toshkent vaqti bilan soat 11:30da boshlanadi. Kutilishicha, tomonlar KXDR delegatsiyasining Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlaridagi ehtimoliy ishtirokini muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya KXDRga 9 yanvar kuni ikki mamlakat o‘rtasidagi qurolsizlantirilgan hududda joylashgan Pxanmunjom muzokaralar punktida oliy darajada muzokaralar o‘tkazishni taklif qilayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top