19:50 / 04.01.2018
11473
Google Play'da Telegram X'ning rasmiy muqobili paydo bo‘ldi
Foto: Challegram

Google Play’da Telegram’ning Android uchun norasmiy mijozi Challegram ishlab chiqaruvchisi o‘zgardi. Endilikda Google’dan ilovalar uchun do‘konda ilova yaratuvchisi Telegram LLC kompaniyasi ekani ko‘rsatildi. Avvaliga Challegram’ni Pavel Durovdan Android uchun Telegram mijozi yaratish bo‘yicha tanlov g‘olibi – rossiyalik Vyacheslav Krilov ishlab chiqqandi.

Dasturni Android-smartfonlarda ishlatish mumkin hamda u chaqiriqning kattaroq tezligi va qorong‘i mavzuning borligi bilan ajralib turadi.

Aftidan, Challegram iOS uchun mo‘ljallangan Telegram X ilovasiga o‘xshab ketadi. U o‘tgan oyda taqdim etilgandi hamda Swift dasturlash tilida yozilgan. Android uchun ilova TDLib’da yozilgan va 64 razryadli devayslarga optimallashtirilgan. Shu tariqa ishlab chiqaruvchi, Telegram LLC kompaniyasi, tezroq harakatlanish imkoni va himoyaning yuqoriroq darajasini ta'minlab bermoqchi. Challegram’ni Google Play do‘konidan yuklab olish mumkin.

Foto: Challegram 

Avvalroq Pavel Durov kompaniyasi iOS uchun Telegram X nomi ostida Telegram’ning qo‘shimcha versiyasini chiqargandi. Ilova oshirilgan ish tezligi, kamroq energiya sarfi va rangli mavzularning borligi bilan ajralib turadi.

Top