11:50 / 04.01.2018
29905

KXDR ballistik raketasi shaharga qulagani aniqlandi

Foto: Reuters

OAVning xabar berishicha, KXDR 2017 yilning 29 aprel kuni qit'alararo ballistik raketani muvaffaqiyatsiz sinovdan o‘tkazgan. Bu haqda The Diplomat AQSh hukumatidagi manbaga tayangan holda yozmoqda.

Ushbu sinov jarayoni ballistik raketa qismlarining aholi punktiga qulashi bilan yakunlangan.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, «Xvason-12» o‘rta harakat radiusiga ega raketasi aholi soni 237 ming kishini tashkil qiluvchi Tokchxon shahriga qulagan.

Foto: Planet Labs

Nashr sun'iy yo‘ldoshlardan olingan suratlarni ham e'lon qildi, ulardan shaharga yetkazilgan zararni ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy vakili Sara Sanders AQSh ma'muriyati KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ruhiy holati borasida aniq bir fikrga ega emasligi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top